platina.uz
Sport

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi oʻyinlari ishtirokchilarini tabrikladi

Saralash bosqichlarida ishtirok etgan 100 mingdan ziyod yoshlar orasidan finalgacha qariyb 3 ming nafar kishi yetib keldi. 

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi oʻyinlari ishtirokchilarini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi oʻyinlarining gʻolib va sovrindorlari hamda barcha ishtirokchilarini tabrikladi.

Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilgan Prezident Olimpiadasining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning musobaqa gʻoliblari, sovrindorlari va barcha ishtirokchilariga tabrigini prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov oʻqib eshittirdi.

Qutlovda taʼkidlanganidek, saralash bosqichlarida ishtirok etgan 100 mingdan ziyod yoshlar orasidan finalgacha yetib kelgan qariyb 3 ming nafar eng iqtidorli sportchilarimizning bellashuvlarini butun xalqimiz katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdi. Erishilgan gʻalabalar, rekord natijalar Yangi Oʻzbekistonda yuksak salohiyatli olimpiya zaxiralari yetishib kelayotganidan dalolat beradi.

Yosh chempionlar namoyish etgan iroda va mahorat kelgusida Oʻzbekiston bayrogʻini jahon arenalarida yanada baland koʻtarishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Tabrikda saralash va final bosqichlarini yuksak darajada tashkil etgan hududlar rahbarlari, vazirlik va idoralar, sport federatsiyalari, oʻquv muassasalari jamoalari, volontyorlar va sport muxlislariga minnatdorlik izhor etildi.

Prezident qutlovida sportchilarga kelgusi musobaqalarda yorqin gʻalaba va natijalar tiladi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid