Prezident Gulistondagi portlashda jabrlanganlar ahvolidan xabar oldi
Shahardagi ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz balloni portlab, 29 nafar odam jarohat olgan edi.

Prezident Gulistondagi portlashda jabrlanganlar holidan xabar oldi.
Ikki kun oldin Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz balloni portlab, 29 nafar odam jarohat olgan edi.
Bugun Prezident Sirdaryoga tashrifi doirasida shifoxonaga kelib, ulardan xabar oldi, yaqinlari bilan suhbatlashdi.
Bir necha kun avval Sirdaryodagi kafeda portlash yuz bergandi. Oqibatda 3 kishi vafot etdi.
Portlash sabab yongʻin yuz bergan, 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish va tan jarohatlari olgan. 1 nafar bemorning ahvoli oʻta ogʻir ekani aytilgan.