Maktablarda qishki taʼtil 28 dekabrdan boshlanadi
Boshlangʻich 1-4-sinflar esa 27 dekabr — shanba kunidan dam olishga chiqadi.

Maktablarda qishki taʼtil 28 dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Hukumatning 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari uchun qishki taʼtil 28 dekabrdan (boshlangʻich 1-4-sinflarda 27 dekabr — shanba kunidan) boshlanadi.
Taʼtil 2026 yil 10 yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi. 2026 yil 11 yanvar yakshanba dam olish kuniga toʻgʻri kelgani bois, III chorak darslari 2026 yil 12 yanvardan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, II chorak taʼtili 4 noyabrdan boshlangan va 10 noyabr sanasigacha davom etgandi.