platina.uz
Jamiyat

Gulistondagi portlash qurbonlarining oilalariga 100 mln soʻmdan beriladi

Prezident qish oylarida bunday hodisalarning oldini olish boʻyicha barcha masʼullar 24 soatlik ish rejimiga oʻtishi zarurligi qayd etdi. 

Gulistondagi portlash qurbonlarining oilalariga 100 mln soʻmdan beriladi

Gulistondagi portlash qurbonlarining oilalariga 100 mln soʻmdan beriladi.

Ikki kun oldin Guliston shahri Taraqqiyot mahallasidagi buyum bozori hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz ballon portlab, 29 nafar odam jarohat oldi.

Afsuski, bu baxtsiz hodisaning qurbonlari bor. Prezident ularning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirdi. Uch kun muddatda qurbon boʻlganlarning oilasiga 100 million soʻmdan moddiy yordam ajratish topshirildi.

Topshiriqqa koʻra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori boshchiligida 10 nafar malakali shifokorlar brigadasi jabr koʻrganlarga bepul sifatli tibbiy va psixologik yordam koʻrsatmoqda.

Masʼul idoralarga ushbu baxtsiz hodisa sabablarini tez fursatlarda aniqlab, qonun ustuvorligini taʼminlash topshirildi.

Umuman, ushbu fojia favqulodda vaziyatlar tizimi uchun katta saboq boʻlishi kerakligi qayd etildi. Qish oylarida bunday hodisalarning oldini olish boʻyicha barcha masʼullar 24 soatlik ish rejimiga oʻtishi zarurligi qayd etildi.

Avval prezident portlashda jabrlanganlarni borib koʻrgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid