platina.uz
Jamiyat

Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktori oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

U 2024 yil martdan beri ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi. Avval uzoq yillar davomida MTRKni boshqargan. 

Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktori oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktori oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. U nafaqaga chiqqani aytilmoqda.

Xodjayev 2024 yil 28 martdan beri ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi. Bundan oldin uzoq yillar Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi sifatida ishlagan.

Alisher Xodjayev 1963 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan va 1985 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

2001 yildan 2002 yilgacha Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari, 2002 yildan 2005 yilgacha Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbarining oʻrinbosari va 2005 yildan 2017 yilgacha Milliy teleradioeshittirish kompaniyasi (MTRK) raisi lavozimlarida ishlagan.

U 2017 yil boshida tanqidlar tufayli isteʼfoga chiqdi, ammo qisqa tanaffusdan soʻng avgust oyida MTRK raisi lavozimiga qaytdi.

2024 yil ishdan olingach, uning oʻrniga Abdurashid Joʻraboyev tayinlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid