platina.uz
Jamiyat

Sirdaryodagi kafeda portlash: 3 kishi vafot etdi

Portlash sabab yongʻin yuz bergan, 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish va tan jarohatlari olgan. 1 nafar bemorning ahvoli oʻta ogʻir. 

Sirdaryodagi kafeda portlash: 3 kishi vafot etdi

Sirdaryoda ovqatlanish shoxobchasida portlash sabab 3 kishi vafot etdi.

2 dekabr kuni Guliston shahrining "Taraqqiyot" MFY hududida joylashgan ovqatlanish shoxobchasida yongʻin sodir boʻlgan. Yongʻin gaz balloni portlashi oqibatida yuz bergani aytildi.

Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga yetib borib, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatgan.

Hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish va tan jarohatlari olgan. Shundan 26 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan, 3 nafarining ahvoli qoniqarli boʻlgani bois ambulator yordam koʻrsatilib, uyiga javob berilgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron Toʻlaganov boshchiligidagi kombustiolog, reanimatolog, neyroxirurg, qoʻshma jarrohlar xirurgi, travmatolog va mikroxirurglardan iborat malakali mutaxassislar shu kunning oʻzida voqea joyiga yetib borib, bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.

Oʻta ogʻir qabul qilingan bemorlardan 3 nafari vafot etgan. Hozirgi paytda shifoxonaga yotqizilgan 1 nafar bemorning ahvoli oʻta ogʻir boʻlib, u sunʼiy nafas olish apparatida. Reanimatsiyadagi mavjud bemorlarning 5 nafari stabil ogʻir, nafasi mustaqil, hushida.

Ayni paytda qabul qilingan bemorlardan ikki nafari homiladorligi sababli Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati filialiga koʻchirilgan. Ularning ahvoli qoniqarli. Qolgan 15 nafar bemorning ham ahvoli qoniqarli boʻlib, ular tegishli boʻlimlarda muolaja olmoqda.

Shifoxonada bemorlar uchun zarur boʻlgan barcha dori-darmonlar mavjud. Ularga tegishli standartlar asosida malakali tibbiy yordam koʻrsatilmoqda, deyiladi SSV xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid