platina.uz
Jamiyat

Sirdaryoda adliya xodimlarining noqonuniy harakatlari haqida maʼlumot berildi

Bu haqda Guliston tumani IIB boshligʻining adliya boshqarmasiga yoʻllagan taqdimnomasida aytiladi. 

Sirdaryoda adliya xodimlarining noqonuniy harakatlari haqida maʼlumot berildi

Sirdaryoda adliya tizimi xodimlarining noqonuniy hatti-harakatlari haqida maʼlumot berildi.

Bu haqda Guliston tumani IIB boshligʻi taqdimnomasida aytiladi.

Hujjatga koʻra, Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari Guliston shahar davlat xizmatlari markazi va bir qator shaxslar faoliyatida qonunbuzilish alomatlarini aniqladi.

Xizmat tekshiruvi materiallariga koʻra, 2025 yil 18 fevralda “Al Aziz Umidjon Fayzi” nomli nodavlat tashkilotning qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi jarayonida hujjatlarni rasmiylashtirish va imzo qoʻyish tartibida qoʻpol xatolar hamda soxtalashtirish holatlari yuzaga kelgan.

Tekshiruvda fuqaro M.M. R. ning aralashuvi bilan tashkilot ulushi ustidan oldi-sotdi bitimi hujjatlari rasmiylashtirilgani, biroq jarayonda imzo va barmoq izi boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgani aniqlangan. Jabrlanuvchi K.N. ning koʻrsatmalariga koʻra, u mazkur bitim boʻyicha hech qanday hujjat imzolamagan, biroq davlat xizmatlari markazi orqali uning nomidan elektron imzo va barmoq izi kiritilgan.

Sudga oid texnik va daktiloskopik ekspertizalar bu shubhani tasdiqladi: hujjatlarga qoʻyilgan elektron barmoq izi M.M. R. ga emas, 1991 yilda tugʻilgan M. M.M qiziga tegishli ekani aniqlangan. Shuningdek, “Al Aziz Umidjon Fayzi” NTMning qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini amalga oshirgan davlat xizmatlari markazi xodimi A. O. Vazirlar Mahkamasining qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga doir nizom talablariga rioya qilmagani boʻyicha xulosa berilgan.

Holat boʻyicha Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi xodimlari ham tekshiruvga jalb qilingan. Ekspertizalar, tushuntirishlar va qoʻshimcha hujjatlar asosida xodimlarning xizmat intizomi buzilgan-buzilmaganini aniqlash maqsadida ularga nisbatan rasmiy xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish uchun uch kunlik muddat belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid