AQSh 19 mamlakatdan immigratsiya arizalarini koʻrib chiqishni toʻxtatdi
"Qora roʻyxat"ga Afgʻoniston, Myanma, Liviya, Eron, Somali, Yaman, Kuba, Turkmaniston va Venesuela kabi davlatlar kiritilgan.

AQSh 19 mamlakatdan immigratsiya arizalarini koʻrib chiqishni toʻxtatdi.
Ichki xavfsizlik departamenti 2 dekabr kuni Donald Tramp maʼmuriyati yuqori xavfli deb hisoblagan 19 mamlakatdan kelgan barcha immigratsiya arizalarini koʻrib chiqishni toʻxtatdi, deb eʼlon qildi.
Washington Post gazetasining yozishicha, bu qaror oʻtgan hafta Oq uy yaqinida sodir boʻlgan voqea bilan bogʻliq
Oʻshanda bir vaqtlar Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan terrorizmga qarshi kurash boʻlinmasida ishlagan afgʻonistonlik fuqaro AQSh Milliy gvardiyasining ikki askariga hujum qilgandi.
"Qora roʻyxat"ga Afgʻoniston, Myanma, Liviya, Eron, Somali, Yaman, Kuba, Turkmaniston va Venesuela kiritilgan.
Donald Tramp shuningdek, Somali fuqarolarining AQShda boʻlishini "xohlamasligini" va ularni "kelgan joylariga qaytarishga" chaqirganini aytdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar "turli odamlarni qabul qilish" orqali notoʻgʻri yoʻldan ketmoqda.
Tramp baʼzilar uning bayonotini siyosiy jihatdan notoʻgʻri deb topishi mumkinligini tan oldi va unga "parvo qilmasligini" qoʻshimcha qildi.