platina.uz
Sport

UYeFA Isroilni musobaqalardan chetlatish boʻyicha oʻrganish boshladi

70 dan ortiq sportchi Isroilni insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir qilganlikda ayblab, musobaqalardan chetlatishni talab qilib chiqdi. Gʻazodagi sulhga qaramay UYeFA masalani oʻrganib, xulosa beradi. 

UYeFA Isroilni musobaqalardan chetlatish boʻyicha oʻrganish boshladi

UYeFA Isroilni futbol musobaqalaridan chetlatishni oʻrganishmoqda.

70 dan ortiq sportchi Isroilni insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir qilganlikda ayblab, musobaqalardan chetlatishni talab qilib chiqdi. Ular orasida mashhur futbolchilar: Pol Pogba, Hakim Ziyech, Hamza Choudhuri va boshqalar ham bor.

UYeFA rahbarlari Gʻazo bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvdan keyin ham Isroilni xalqaro musobaqalardan chetlashtirish masalasida Falastin tarafdori bilan uchrashuvlar oʻtkazganini maʼlum qildi.

The Athletic nashri xabar berishicha, UYeFA sentabr oyida Isroilni ishtirokdan chetlatish boʻyicha ovozga qoʻyish arafasida boʻlgan, biroq yakunda AQSh vositachiligida Isroil va HAMAS oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi imzolanganidan soʻng masalani ovozga qoʻymaslikka qaror qilingan edi.

Biroq, sulhga qaramay, UYeFA rasmiylari Yevropa futbol federatsiyalarini Isroilni boykot qilishga chaqirayotgan tashkilotlar va muxlislar guruhlari bilan uchrashuvlarni davom ettirgan. Uchrashuvlarda taqiqni qanday joriy etish mumkinligi boʻyicha mexanizmlar muhokama qilingan.

Maʼlumotlarga koʻra, UYeFA ijro qoʻmitasi Isroilni musobaqalardan chetlashtirishi ehtimoldan yiroq boʻlsa-da, tashkilot Irlandiya va Shveysariyada davom etayotgan ikkita huquqiy jarayonni diqqat bilan kuzatmoqda. Bu jarayonlar UYeFAni Isroilga nisbatan taqiq joriy qilishga majbur qilishi mumkin.

Maʼlumot oʻrnida, Shveysariya va Irlandiyada Isroil futbol klublariga nisbatan boykot qilish boʻyicha qonuniy petitsiyalar davom etmoqda.

Oʻtgan oy, 70 dan ortiq taniqli sportchilar UYeFAdan Isroilni chetlashtirishni talab qilgan maktubga imzo chekdi. UYeFA prezidenti Aleksandr Cheferinga yuborilgan maktub “Athletics for peace” guruhi tomonidan boshlangan boʻlib, imzo chekkanlar UYeFAning Isroilni Yevropa futbolidan chetlashtirish boʻyicha hech qanday choralar koʻrmayotganidan chuqur norozi ekanini bildirgan.

Imzo chekkanlar orasida "Monako" yarim himoyachisi, Fransiya va "Manchester Yunayted" sobiq yulduzi Pol Pogba, "Kristal Pelas" futbolchisi Cheick Doucouré, sobiq futbolchilar Anvar El Gʻozi, Hamza Choudhuri va Hakim Ziyech, shuningdek murabbiy Nigel Pirson bor. Hakim Ziyech ham roʻyxatga qoʻshilgan va yaqin kunlarda imzo soni ortishi kutilmoqda.

“Minglab begunoh odamlarni oʻldirayotgan, genotsid va boshqa insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etayotgan rejim xalqaro jamoatchilikda hech qanday stadion, sahna yoki maydonda munosib joyga ega boʻlishi mumkin emas” — deyiladi maktubda.

Sentabr oyida BMT tomonidan tayinlangan ekspertlar guruhi mustaqil tergov komissiyasi xulosalariga asoslanib, Gʻazoda genotsid sodir etilayotganini va buning uchun Isroil javobgar ekanini aytgandi. Ular FIFA va UYeFAni Isroilni futboldan chetlashtirishga chaqirgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid