platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi reklama qonunchiligini buzgan MChJni jarimaga tortdi

“Ozone Fitness” MChJ tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda nomaqbul (notoʻgʻri) reklama-axborotlari joylashtirilganligi aniqlangan. 

Raqobat qoʻmitasi reklama qonunchiligini buzgan MChJni jarimaga tortdi

Raqobat qoʻmitasi reklama qonunchiligini buzgan MChJni jarimaga tortdi.

Qoʻmita tomonidan reklama qonunchiliga rioya qilish yuzasidan monitoring ishlari olib borilgan.

Olib borilgan monitoringlarda “OZONE FITNESS” MChJ tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda nomaqbul (notoʻgʻri) reklama-axborotlari joylashtirilganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “OZONE FITNESS” MChJga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.

Maʼlumot oʻrnida. Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Avvalroq qoʻmita tomonidan chiqindi korxonalari aholidan 8,8 mlrd soʻmdan ortiq asossiz mablagʻ undirgani aniqlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid