Oʻzbekiston Xitoy bilan sunʼiy yoʻldosh uchirishda ishtirok etadi
Sunʼiy yoʻldoshga “Samarqand-2028” nomi beriladi. Bu 2028 yil Samarqandda oʻtkaziladigan “Xalqaro astronavtika kongressi”ni ramziy maʼnoda ifodalaydi.

Oʻzbekiston Xitoyning "Samarqand-2028" sunʼiy yoʻldoshini uchirishda ishtirok etadi. Bu haqda "Oʻzbekkosmos" agentligi axborot xizmati xabar berdi.
“Oʻzbekkosmos” agentligi va “Star.Vision” kompaniyasi oʻrtasida imzolangan memorandumga muvofiq Xitoy tomonidan fazoga uchirilishi rejalashtirilayotgan giperspektral sunʼiy yoʻldoshga “Samarqand-2028” nomi beriladi.
Bu 2028 yil Samarqandda oʻtkaziladigan “Xalqaro astronavtika kongressi”ni ramziy maʼnoda ifodalaydi.
Shuningdek, memorandumga koʻra yerni masofaviy zondlashga moʻljallangan mazkur yoʻldosh uchun sunʼiy intellekt modulini “Oʻzbekkosmos” agentligi mutaxassislari ishlab chiqishadi.
Yoʻldosh olgan suratlarni havo sifatini birlamchi baholash, qishloq xoʻjaligi ekinlari va oʻrmonlarni monitoring qilishda qoʻllash mumkin boʻladi.