platina.uz
Jamiyat

Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani yagona aglomeratsiya asosida rivojlantiriladi

200 mingdan ortiq aholisi bor Jizzaxda shahar shifoxonasi boʻlmagan. Viloyat shifoxonasining eski binosi oʻrnida shahar markaziy shifoxonasi va poliklinikasi tashkil etiladi. 

Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani yagona aglomeratsiya asosida rivojlantiriladi

Jizzaxdagi yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, ijtimoiy xizmatlar, mehnat bozori va infratuzilmani markazdan uzoq mahallalar aholisiga yaqinlashtirish zarurligi qayd etildi.

Urbanizatsiya agentligi va viloyat hokimligiga Yevropadan mutaxassislarni jalb qilib, Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanini yagona aglomeratsiya asosida rivojlantirish boʻyicha master-reja ishlab chiqish topshirildi. Bunda Sharof Rashidov tumani va Jizzax shahri oʻrtasidagi 40 gektar boʻsh maydon tanlab olinadi va keyingi yildan ushbu massivda 1 ming 200 xonadonli 50 ta koʻp qavatli uy quriladi.

Master-rejada yangi massivda barpo etiladigan bogʻcha, maktab, shifoxona kabi ijtimoiy obʼektlar, elektr, suv, yoʻl infratuzilmalari Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani aholisi uchun birdek xizmat qilishi, ikkita hududni bir-biri bilan bogʻlaydigan yagona jamoat transporti tizimini yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilishi kerak.

Massiv hududida yagona maʼmuriy markaz qurib, Sharof Rashidov tumanidagi barcha 21 ta davlat tashkilotini shu yerga koʻchirish zarurligi qayd etildi.

temir yoʻl kesishmalarida yuzaga keladigan tirbandliklar koʻp yillardan buyon odamlarni qiynab kelayotgan edi.

Aholining talab va istaklarini inobatga olib, shahar ichidagi tirbandlikni bartaraf etish uchun 10 kilometrli aylanma yoʻl quriladi.

Shuningdek, Dashtobod shaharchasi va Xovos tumani oʻrtasidagi temir yoʻl ustidan ham yangi koʻprik qurilishi boshlandi.

Shu kunga qadar 200 mingdan ortiq aholisi bor Jizzax shahrida shahar shifoxonasi boʻlmagan. Bugun Jizzax shahri Oqqoʻrgʻon mahallasida viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi uchun qurilgan yangi bino bilan tanishildi. Endi viloyat shifoxonasining eski binosi oʻrnida shahar markaziy shifoxonasi va poliklinikasi tashkil etiladi.

Mazkur obʼektni keyingi yil investitsiya dasturiga kiritib, taʼmirlash va jihozlash uchun 20 milliard soʻm ajratish topshirildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid