platina.uz
Jamiyat

Chiqindi korxonalari aholidan 8,8 mlrd soʻmdan ortiq asossiz mablagʻ undirgani aniqlandi

Toshkent viloyatida isteʼmolchilarga toʻlovlar hisoblangan boʻlsa ham, xizmat belgilangan darajada koʻrsatilmagan. 

Chiqindi korxonalari aholidan 8,8 mlrd soʻmdan ortiq asossiz mablagʻ undirgani aniqlandi

5 ta chiqindi tashish korxonasi tomonidan 250 mingga yaqin isteʼmolchidan 8,8 mlrd soʻmdan ortiq asossiz mablagʻ olingani aniqlandi.

Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi. Qoʻmitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi viloyatda aholiga maishiy chiqindi tashish xizmati koʻrsatilishi holatini oʻrganib chiqdi.

Oʻrganishlar davomida bir qator qonunbuzilishlar yaʼni ayrim xonadonlardan chiqindilar umuman olib ketilmagan boʻlsa-da, ularga toʻlovlar hisoblangan va xizmat belgilangan darajada koʻrsatilmagan holatlar ham aniqlandi.

Yuqoridagi aniqlangan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “RAHNAMO SERVIS”, "ZERO-WASTE", “ZANGIOTA OBODON”, “ANGREN BUNYOD FAYZ” va "OHANGARON SANITARIYA TOZALASH" MChJlariga nisbatan "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Qonun talablari buzilish bilan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilgan. Natijasi yuzasidan 250 mingga yaqin isteʼmolchiga 8,8 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ qayta hisob-kitob qilinishi boʻyicha qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan respublikamizning hududlari kesimida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida bu boradagi tizimli oʻrganishlar davom ettirilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid