Yer va mol-mulk soligʻidan qarzdorlarning elektrga toʻlov qilishi cheklanishi mumkin
Bu haqda soliq yigʻiluvchanligini oshirish va faol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha qarorda gap boradi.

Yer va mol-mulk soligʻidan qarzdorlarga ham elektr uchun toʻlovlar cheklanishi mumkin. Bu haqda prezidentning soliq yigʻiluvchanligini oshirish va faol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha qarorida aytiladi.
Kelasi yil 1 yanvardan boshlab Namangan viloyatida jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va (yoki) yer soligʻi boʻyicha umumiy summasi bir million soʻmdan oshgan soliq qarzdorligini undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanish joriy etiladi.
2026 yil 1 oktabrga qadar eksperiment natijalari asosida uni boshqa hududlarda joriy etish boʻyicha takliflar hukumatga kiritiladi.
Markaziy bank har oyda jismoniy shaxslarning soliq qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tijorat banklari va toʻlov tashkilotlarining mobil ilovalari foydalanuvchilariga ilovaning asosiy sahifasida aks ettirib borilishi yuzasidan Soliq qoʻmitasiga amaliy yordam koʻrsatadi.
Ushbu qaror hali rasman kuchga kirmagan.
Eslatib oʻtamiz, hozirda chiqindidan qarzdorlarni elektrga toʻlov qilishini cheklash amaliyoti mavjud.