platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda pomidor, bodring va propan narxi keskin qimmatladi

Noyabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar tahlil qilindi. Sabzi, guruch, parranda goʻshti esa arzonlashgan. 

Oʻzbekistonda pomidor, bodring va propan narxi keskin qimmatladi

Noyabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,7 % ga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

2025 yilning noyabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,7 % ga oshgan.

Yillik isteʼmol narxlari indeksi (INI) 107,5 % ni tashkil etib, oʻtgan yilning shu oyiga (2024 yil noyabr — 110,0 %) nisbatan 2,5 foiz bandga pasaydi.

Noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 1,0 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,5 % ga hamda aholiga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan bodring (96,0 %), pomidor (82,2 %), bulgʻor qalampiri (61,2 %), baqlajon (51,7 %), uzum (12,1 %), anor (7,9 %), qovoq (5,4 %), olma (4,7 %), mandarin (4,5 %), shaftoli (3,7 %), tarvuz (3,4 %), qovun (3,4 %), tovuq tuxumi (2,4 %), quy goʻshti (0,8 %), kartoshka (0,7 %), birinchi navli bugʻdoy uni (0,5 %) hamda mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) (0,3 %) narxlarining oshishi inflyatsiyaga asosiy taʼsir koʻrsatdi.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan inflyatsiyani pasaytiruvchi omil sifatida sabzi (-26,1 %), sholgʻom (-7,1 %), barcha navdagi guruch, guruch oqishogʻi (-4,5 %), loviya (4,2 %), shakar (-2,9 %), piyoz (-2,5 %), banan (-1,3 %) hamda parranda goʻshti (-1,2 %) narxlarining pasayishi muhim hissa qoʻshdi.

Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan propan (7,4 %), benzin (1,7 %), sement (1,4 %) hamda kiyim va poyafzal (0,7 %) narxlarida oʻsish kuzatildi.

Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarida 195 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid