platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva kuch tuzilmalari rahbarlari bilan yigʻilish oʻtkazdi

Unda giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalasi koʻtarildi. 

Saida Mirziyoyeva kuch tuzilmalari  rahbarlari bilan yigʻilish oʻtkazdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kuch tuzilmalari rahbarlari bilan yigʻilish oʻtkazdi.

Qatʼiy va doimiy nazoratni talab qiladigan yana bir muhim masala - giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish ekani taʼkidlandi.

"Bugun Prezident Administratsiyasida kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yigʻilish oʻtkazildi. Narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarogʻ aylanmasiga qarshi kurashish boʻyicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qoʻyildi" deya yozadi Mirziyoyeva.

"Jamiyatda, birinchi navbatda yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik, yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash davlatning bevosita burchidir. Bu yoʻnalishdagi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga qatʼiy ravishda chek qoʻyilishi shart", deya takidlanadi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid