Fransiya bilan transport-logistika boʻyicha hamkorlik kuchaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev fransuz delegatsiyasini qabul qildi.

Oʻzbekiston va Fransiya strategik sheriklik, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiradi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 noyabr kuni Transkaspiy transport yoʻlagi boʻyicha investorlar forumida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Fransiya transport vaziri Filipp Tabaro bilan ushbu masalani muhokama qilgan.
Uchrashuvda fuqarolik aviatsiyasida aloqalarni kengaytirish, transport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shu jumladan, yaqinda tashkil etilgan Oʻzbekiston – Fransiya universiteti imkoniyatlaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilgan.