Saida Mirziyoyeva bazaltdan issiqlik saqlovchi mineral plitalar ishlab chiqaradigan zavodga bordi
Mahalliy xomashyo va materiallardan foydalanish evaziga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga yetgan.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qoraqalpogʻistondagi zavodda boʻldi.
"Qoraqalpogʻistonda mamlakatimiz sanoat salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi obʼektlar ishga tushirilmoqda.
Mahalliy xomashyo asosida energiya tejamkor va eksportbop mahsulotlar yaratish muhim. Bugun bazaltdan issiqlik saqlovchi mineral plitalar ishlab chiqaradigan "Karakalpak Basalt Wood" MChJ zavodining rahbarlari va mutaxassislari bilan shu haqda suhbatlashdik", deya yozadi Mirziyoyeva.
Mahalliy xomashyo va materiallardan foydalanish evaziga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga yetgan.
Ushbu loyiha hududning eksport imkoniyatlarini kengaytiradi, yangi ish oʻrinlarini yaratadi va Qoraqalpogʻistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshadi, deyiladi xabarda.