Javohir Sindorovga "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi" unvoni berildi
U Prezident sovgʻasi - 3 xonali xonadon, murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Shaxmatchi Javohir Sindorovga "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi" unvoni berildi.
Prezident farmoni bilan mamlakatimizda shaxmat sport turini yanada rivojlantirishga, xalqimiz oʻrtasida ushbu sport turini ommalashtirishga qoʻshayotgan ulkan hissas uchun shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Sindarov Javohir Sanjarbekovichga "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi" faxriy unvoni berildi.
Shaxmat boʻyicha Jahon kubogi sohibi boʻlgan shaxmatchiga Prezident sovgʻasi - 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Javohir kubok finalida xitoylik raqibini yenggandi.