platina.uz
Jahon

Gongkongda minglab odamlar yashaydigan koʻpqavatli uylar yonib ketdi

Oqibatda 44 kishi halok boʻlgan. 279 kishi bedarak yoʻqolgani xabar berildi. 

Gongkongda minglab odamlar yashaydigan koʻpqavatli uylar yonib ketdi

Gonkongda aholi yashaydigan bir necha koʻpqavatli uylar yonib ketdi.

South China Morning Post nashrining xabar berishicha, Gonkongdagi kvartiralar yongʻinida halok boʻlganlar soni 44 kishiga yetdi, yana 45 kishi ogʻir ahvolda.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, 279 kishi bedarak yoʻqolgan.

26 noyabr kuni Gonkongdagi bir necha ming kishi istiqomat qiladigan turar-joy majmuasidagi koʻp qavatli binolar yonib ketdi. Baʼzi odamlar binolar ichida qolib ketgan edi.

Yongʻin boshlanganida majmuada keng koʻlamli taʼmirlash ishlari olib borilayotgan edi. Yongʻin tezda binolarga tarqaldi. Yongʻinning yakuniy sababi hali aniqlanmagan.

Xodisa bilan bogʻliq holda uch kishi odam oʻlimiga sabab boʻlishda ayblanib hibsga olindi. Politsiya qurilish kompaniyasining ikki direktori va maslahatchisini "qoʻpol tarzdagi beparvolik" uchun hibsga olganini eʼlon qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid