platina.uz
Jamiyat

Aliment toʻlovchilar sugʻurta polisi orqali xorijga chiqishi mumkin boʻladi

Bu kabi sugʻurta turlari tegishli litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Aliment toʻlovchilar sugʻurta polisi orqali xorijga chiqishi mumkin boʻladi

Aliment toʻlovchilar sugʻurta polisi orqali chet davlatga borib kelishi mumkin boʻladi.

Adliya vazirligi "Sud hujjati asosidagi ijro hujjatlarini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxslarning Oʻzbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash boʻyicha vakolatli davlat organlarining hamkorligi toʻgʻrisida"gi nizomga qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Unga koʻra, aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxslar sugʻurta polisini ilova qilgan holda iltimosnoma bilan murojaat qilganda, davlat ijrochisi ularning chet davlatga chiqishi boʻyicha vaqtinchalik cheklovni toʻxtatib turadi.

Bu kabi sugʻurta turlari tegishli litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Sugʻurta polisining mavjudligi Majburiy ijro byurosi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimidan avtomatik ravishda aniqlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid