platina.uz
Jamiyat

Adliya vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi

Mahmud Istamov vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimini egalladi. U avval Buxoro viloyati prokurori, vazir oʻrinbosari sifatida ishlagan. 

Adliya vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi

Adliya vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi.

Prezidentning tegishli qarori bilan Istamov Mahmud Shuhratovich adliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mahmud Istamov 1979 yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Adliya vazirligi Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada bosh maslahatchisi, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari boʻlgan. 2004-2005-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi rahbari, 2005-2006-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlagan. Tayinlovga qadar (2025 yildan) Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Prezidentning tegishli qarori bilan Allakuliyev Mirjalol Davranbekovich adliya vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mirjalol Allakuliyev 1988 yilda Xorazm viloyati, Xiva tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2012 yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2014 yilda magistratura bosqichini, 2024 yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2008 yilda Adliya vazirligi rahbariyat qoshidagi apparatning qabulxona kotibi lavozimida boshlagan.

2013-2014-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi, katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi;

2014-2017-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi bosh maslahatchisi;

2017-2018-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boʻlim boshligʻi;

2018-2018-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari-boʻlim boshligʻi;

2018-2021-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshligʻi;

2021-2022-yillarda Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar (2022 yildan) Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid