Toshkentda 890 ta qurilish obʼektida ishlar toʻxtatildi
Bundan tashqari 241 ta qurilish obʼektida maxsus 48 ta texnika yordamida suv purkash va changni bostirish ishlari olib borilgan.

Toshkentda 890 ta qurilish obʼektida ishlar toʻxtatildi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Toshkentda havo ifloslanishiga qarshi tadbirlar davom etmoqda.
Aytilishicha, 2025 yil 25 noyabr kuni quyidagi ishlar bajarilgan:
— shahar hududidagi 58 ta favvora ishga tushirildi;
— 71 ta maxsus suv sepish texnikasi jalb etildi;
— 177 ta koʻchalardagi (444 km), shu jumladan, yoʻl yoqalaridagi daraxt va butalar yuvildi;
— 890 ta qurilish obʼektida ishlar toʻxtatildi;
— 241 ta qurilish obʼektida maxsus 48 ta texnika yordamida suv purkash va changni bostirish ishlari olib borildi;
— 11 ta hududdagi koʻcha va xiyobonlar atrofidagi sunʼiy sugʻorish tarmoqlari ishga tushirildi;
— poytaxt hududidan oʻtgan kanal va ariqlar atrofida joylashgan 5 ta favvora ishga tushirildi;
— 108 ta maktab, 81 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sugʻorish tizimlari ishga tushirildi;
— 19 ta bozor va yirik savdo komplekslari atrofidagi 2 ta favvora va 1 ta suv saqlash hovuzi ishga tushirildi;
— 37 ta suv sepish texnikasi yordamida bozorlar hududlari, ulardagi 2 000 ta mevali va manzarali daraxt, 45 000 m² tom va boshqa konstruksiyalar yuvildi, shuningdek, 17 000 metr irrigatsiya tarmoqlari (ariqlar) tozalandi.
Tijorat banklari tomonidan 72 ta filial va 337 ta bank xizmatlari markazlarining oldidagi favvoralar va sugʻorish tizimlari toʻliq ishga tushirilib, ularning atroflaridagi daraxtlar suv bilan yuvilib, changdan tozalandi.
Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan 11 594 ta koʻp kvartirali uylarning 43 420 ta kirish yoʻlagidan 3 364 tasi, shuningdek, 150 000 m² hudud tozalandi. Uylar atrofiga tutash hududlardagi 136 478 ta daraxtdan 20 727 tasi yuvilib, 15 916 tasi sugʻorildi, deyiladi xabarda.
Prezident farmoniga koʻra, qurilish maydonlarida reydlar oʻtkazilishi maʼlum qilingandi.
Maxsus komissiya qabul qilgan qarorlar, koʻrsatmalar barcha uchun majburiy hisoblanadi.