platina.uz
Jamiyat

“Toshkent shahrida boshlangan choralardan soʻng havo sifati yaxshi tomonga oʻzgardi” – Aziz Abduhakimov

Prezidentning ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi, Maxsus komissiya rahbari Aziz Abduhakimov mamlakatda yuzaga kelgan ekologik vaziyat hamda havo sifatini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

“Toshkent shahrida boshlangan choralardan soʻng havo sifati yaxshi tomonga oʻzgardi” – Aziz Abduhakimov
Aziz Abduhakimov

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi, Maxsus komissiya rahbari Aziz Abduhakimov yangi farmon asosida koʻrilayotgan keskin chora-tadbirlar oʻz natijasini bera boshlaganini qayd etdi.

Shuningdek, vaziyat respublika rahbariyatining doimiy nazorati ostida ekani, davlatning tezkor javob berish mexanizmi toʻliq ishlavayotgani, qabul qilinayotgan barcha qarorlar aniq maʼlumotlarga hamda ilmiy tahlillarga asoslangani maʼlum qilindi.

Aziz Abduhakimov, shuningdek, Toshkent havosining ifloslanishida tabiiy meteorologik hodisalar sabab boʻlganini maʼlum qildi:

“Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, Toshkentda kuzatilayotgan havo sifatining yomonlashishi bir vaqtning oʻzida namoyon boʻlib, bir-birini kuchaytirgan bir nechta antropogen va tabiiy-iqlimiy omillar yigʻindisi bilan bogʻliq.

Ayni paytda havoda kuchli inversiya hodisasi kuzatilmoqda, bunda issiq havo massalari yuqoriga koʻtarilib, sovuq havo massalarini pastga ‘qamalib‘ qolgan, bu esa havo qatlamlarining vertikal harakatini toʻxtatib, ifloslantiruvchi moddalarni quyi qatlamda ushab qoladi”.

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi qoshida tunu-kun faoliyat olib boruvchi 1157 qisqa raqamli call-markaz orqali aniqlangan huquqbuzarliklar, taklif va murojaatlarni qoldirish soʻraldi.

Barcha chora-tadbirlar Prezident farmoni, Maxsus komissiya qarorlari va ilmiy tashkilotlar tavsiyalariga qatʼiy amal qilgan holda amalga oshirilmoqda. Vaziyat 24/7 rejimida kuzatib borilmoqda va biz aholini tizimli asosda oʻzgarishlar, barcha tezkor qadamlar va strategik qarorlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida xabardor qilib boramiz”, - dedi A.Abduhakimov.

Maʼlumot uchun, Maxsus komissiya tomonidan davlat organlari, tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar 24/7 rejimida safarbar qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid