platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda alkogol ichimliklar aksiz soligʻi JST talablariga moslashtiriladi

2026 yil 1 fevraldan boshlab sigara, tamaki aralashmalari, qizdiriladigan tamaki va veyplar boʻyicha aksiz stavkalari 7 foizga oshirilishi taklif etilgan. Shakarli ichimliklarning darajasiga qarab soliq belgilanadi. 

Oʻzbekistonda alkogol ichimliklar aksiz soligʻi JST talablariga moslashtiriladi

2026 yilga moʻljallangan davlat byudjeti va soliq siyosati loyihasida soliq siyosatidagi asosiy oʻzgarishlar byoʻicha maʼlumot berildi.

Jumladan, 2026 yil soliq siyosatida bir qator sezilarli yangiliklar nazarda tutilgan.

Asosiy advalor soliq stavkalari oʻzgarishsiz saqlanadi: foyda soligʻi — 15%, QQS — 12%, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi — 12%, ijtimoiy soliq — 12%.

Biroq alohida mahsulotlar boʻyicha aksiz siyosati jiddiy yangilanmoqda. Masalan, alkogol mahsulotlari aksizlari tenglashtiriladi.

Jahon savdo tashkiloti talablari va PF-85 qaroriga muvofiq, 2026 yildan boshlab alkogol mahsulotlari boʻyicha mahalliy va import stavkalari bosqichma-bosqich tenglashtiriladi. 1 fevraldan aroq, konyak va boshqa ichimliklar uchun:

- mahalliy mahsulotlar – 1 litr uchun 48 ming soʻm;

- import mahsulotlar – 1 litr uchun 60 ming soʻm;

- 1 iyuldan esa yagona 48 ming soʻmlik stavka joriy qilinadi.

Pivo va vino boʻyicha ham stavkalar qayta koʻrib chiqiladi, 1 iyuldan yagona stavkalar joriy etiladi.

Tamaki mahsulotlari uchun stavkalar oshadi. 2026 yil 1 fevraldan boshlab sigara, tamaki aralashmalari, qizdiriladigan tamaki va veyplar boʻyicha aksiz stavkalari 7 foizga oshiriladi. Filtrli va filtrsiz sigaretlar uchun 1 iyuldan yagona stavka qoʻllanadi — ming donasi uchun 365 ming soʻm.

Shakarli ichimliklarga progressiv aksiz soligʻi qoʻllaniladi.

1 apreldan tarkibida shakar mavjud boʻlgan ichimliklar shakar miqdoriga qarab bosqichli tartibda soliq solinadi:

- 100 ml uchun 5 g gacha – 1 litri uchun 500 soʻm;

- 5–10 g – 515 soʻm;

- 10 gdan ortiq – 535 soʻm;

Energetik ichimliklar uchun aksiz 1 litri uchun 2 150 soʻm qilib belgilandi.

Chips mahsulotlari ham birinchi marta aksiz roʻyxatiga kiritilib, 1 kg uchun 15 ming soʻm soliq joriy qilinadi.

Resurs soliqlari indeksatsiya qilinadi. Yer, mol-mulk, suvdan foydalanish va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 7 foizga indeksatsiya qilinadi. Bu inflyatsiya surʼatlariga moslashtirilgan standart tartib sanaladi.

Kichik biznes uchun soliq yengilligi

Yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilganlar uchun aylanmadan olinadigan soliq 1 foiz qilib belgilanmoqda. Bu kichik biznesning soliq yukini sezilarli kamaytirishi kutilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid