Oʻzbekiston JCh qurʼasida 3-savatchadan joy oldi
Unda Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Shotlandiya, Paragvay, Tunis kabi davlatlar bor. Qurʼa tashlash marosimi 5 dekabr kuni AQShda oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston JCh qurʼasida 3-savatchadan joy oldi. FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati qurʼasi savatlarini eʼlon qildi.
Turnir qatnashchilari savatlarga quyidagicha taqsimlandi:
1-savat: Kanada, Meksika, AQSh (musobaqa mezbonlari), Ispaniya, Argentina, Fransiya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya.
2-savat: Xorvatiya, Marokash, Kolumbiya, Urugvay, Shveysariya, Yaponiya, Senegal, Eron, Janubiy Koreya, Ekvador, Avstriya, Avstraliya.
3-savat: Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Shotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d'Ivuar, Oʻzbekiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika.
4-savat: Iordaniya, Kabo-Verde, Gana, Kyurasao, Gaiti, Yangi Zelandiya, Yevropa pley-off jamoalari (A, B, C, D guruhi gʻoliblari), FIFA qitʼalararo pley-off bosqich 1 va 2-gʻoliblari.
Guruhlarni shakllantirishda har bir savatdan bittadan jamoa olinadi. Shunda 4 ta jamoadan iborat 12 ta guruh paydo boʻladi. 3-savatdan joy olgan Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Shotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d'Ivuar, Qatar, Saudiya Arabistoni va JAR guruh bosqichida Oʻzbekistonga raqib boʻlmaydi.
JCh 2026 yil iyun-iyul oylarida oʻtkaziladi. Qurʼa marosimi 5 dekabr kuni AQShda oʻtkaziladi.