Javohir Sindorov Jahon Kubogi gʻolibiga aylandi
U finalda xitoylik raqibi Vey Yini magʻlubiyatga uchratdi.

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Jahon Kubogi gʻolibiga aylandi.
Javohir finalda xitoylik raqibi Vey Yini magʻlubiyatga uchratib, bosh sovringa ega boʻldi.
Musobaqa sovrin jamgʻarmasi 2 mmln dollarni tashkil etadi. Gʻolibga 120 ming dollar beriladi. Shuningdek, Javohir Sindarov 2026 yilgi Nomzodlar turniriga rasmiy yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Ushbu musobaqada yana bir oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev 4-oʻrinni egalladi.