platina.uz
Jamiyat

Ayollarga nisbatan zoʻravonlik turlari

Bu boradagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, zoʻravonlikka uchragan ayollarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy hayotga qaytarish boʻyicha ishlar aslida qanday ketyapti?

Yurtimizda inson huquqlarini va gender tengligini taʼminlash borasida ulkan ishlar amalga oshirib kelinyapti. Jamiyatda va siyosatda ham ayollarning mavqesi tobora yuksalib bormoqda. Ammo oilada xotin-qizlarning mavqesi, ayollarga tazyiq va zoʻravonlik bilan bogʻliq noxush muammolar hamon dolzarb boʻlib qolyapti.

Bu boradagi muammolarga chek qoʻyish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etishda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi ham katta hissa qoʻshib kelmoqda.

Biz vaziyatni oʻrganish maqsadida ushbu markaz direktori Zebuniso Muhammadiyeva bilan suhbatlashdik. Ayollarga zoʻravonlikni cheklash borasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, zoʻravonlikka uchragan ayollarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy hayotga qaytarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning qanchalik samara berayotgani bilan tanishdik.

Suhbatdoshimiz maishiy va ijtimoiy hayotda ayollarning buzilgan huquqlarini tiklash borasidagi tavsiyalari bilan ham oʻrtoqlashdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid