platina.uz
Jamiyat

Toshkentda yengil va yuk mashinalariga cheklov qoʻyiladi

Prezident "Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmonni imzoladi.

Toshkentda yengil va yuk mashinalariga cheklov qoʻyiladi

Toshkentda ekologik muammolarni hal etish boʻyicha maxsus komissiya tuzildi. Maxsus komissiyaga quyidagi vakolatlar berildi:

  • tabiiy changlanish kuchaygan paytda sanoat korxonalari, transport, issiqlik taʼminoti va boshqa sohalarda cheklovlar joriy qilish;
  • Toshkent shahrida yuk mashinalari harakatini vaqtincha cheklash;
  • avtotransport vositalarining, shu jumladan davlat raqamiga mos ravishda toq va juft sanalarda harakatlanishni cheklash amaliyotini joriy qilish (elektromobillar bundan mustasno);
  • harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadigan avtotransport vositalari turlari, koʻchalar va boshqa hududlarni belgilash.

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026 yil 1 martga qadar Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni amalga oshiradi.

  • Shuningdek, Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni doimiy tahlil va monitoring qilish, ekologik vaziyatning yomonlashishi tendensiyalarini prognoz qilish;
  • ekologik vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining harakatlarini muvofiqlashtirish hamda ular oʻrtasida zarur hamkorlikni va maʼlumot almashishni tashkil etish;
  • ekologik muammolar boʻyicha tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, ushbu muammolarning oldini olish buyicha, shu jumladan, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida hamda xorijiy va mahalliy olim va ekspertlarni jalb etgan holda zamonaviy va samarali usullarni ishlab chiqish va joriy etish;
  • Toshkent shahrida ekologik vaziyat murakkablashgan hollarda uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarni aniq moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda, shu jumladan, Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirishni taʼminlash;
  • ommaviy axborot vositalarini (televideniye, radio, internet, ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa operatorlari va boshqalarni) jalb qilgan holda mavjud ekologik holat, uning aholi salomatligiga taʼsiri va profilaktika qilish usullari boʻyicha tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish;
  • Toshkent shahrida ekologik vaziyat murakkablashgan hollarda uni yaxshilashga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrish boʻyicha takliflar tayyorlash va Prezidentga kiritish.

Bundan tashqari, atmosfera havosi sifatiga salbiy taʼsir qiluvchi moddalar yoqqan issiqxonalar va boshqa obʼektlar faoliyatini vaqtincha yoki toʻliq toʻxtatish;

  • Toshkent shahridan boshqa hududlarga koʻchirilishi majburiy boʻlgan sanoat korxonalari va sanoat zonalarini belgilash;
  • sanoat korxonalari uchun tashlanmalarning ruxsat etilgan miqdorini belgilash va ushbu talabni buzgan sanoat korxonalari faoliyatini toʻxtatish boʻyicha belgilangan tartibda chora koʻrish;
  • qurilish ishlarini amalga oshirishga cheklov va ularga talablar joriy qilish, shu jumladan qurilish vaqtida changni bartaraf etuvchi uskunalarni oʻrnatish va boshqa talablar;
  • davlat organlari va tashkilotlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini ekologik talablarning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida muvofiqlashtirish;
  • oqar suv (daryo, kanal, arik,) obʼektlarida suv obʼektlari qirgʻoq muhofaza mintaqa zonalarida qurilishni taqiqlash va ekologik vaziyatni yaxshilash bilan bogʻliq boshqa vakolatlar.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid