platina.uz
Jamiyat

Toshkentda ariqlar tizimini qayta tiklash ishlari boshlanadi

Bu tizim koʻp yillar davomida shaharning suv taqsimotini taʼminlab, qulay mikroiqlim yaratib kelgan. 

Toshkentda ariqlar tizimini qayta tiklash ishlari boshlanadi

Toshkentda anʼanaviy sugʻorish kanallari tarmogʻi - ariqlar tizimini qayta tiklash ishlari boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Bu tizim koʻp yillar davomida shaharning suv taqsimotini taʼminlab, qulay mikroiqlim yaratib kelgan.

Toshkent shahar hokimligi Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda ariqlarni bosqichma-bosqich tiklash va zamonaviylashtirish rejasini ishlab chiqmoqda.

Loyiha doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:

• mavjud oʻzanlarni tozalash va taʼmirlash;

• shikastlangan qismlarni tiklash;

• atrofdagi hududlarda tartib oʻrnatish;

• kelajakda muntazam foydalanish uchun sharoit yaratish.

Ishning asosiy maqsadi — vaqt sinovidan oʻtgan usullarga tayanib, suv chiqarish va sugʻorish samaradorligini oshirish, changlanishni kamaytirish hamda shahar atrof-muhitining ekologik holatini yaxshilashdan iborat.

2026 yil bahorida boshlanishi moʻljallangan ushbu loyiha poytaxt infratuzilmasini rivojlantirish va aholining turmush sharoitlarini yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan tizimli ishlarning bir qismi boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid