platina.uz
Jamiyat

Qurilish maydonlarida reydlar oʻtkaziladi

Maxsus komissiya qabul qilgan qarorlar, koʻrsatmalar barcha uchun majburiy hisoblanadi.

Qurilish maydonlarida reydlar oʻtkaziladi

Toshkentda ekologik muammolarni hal etish boʻyicha maxsus komissiya bir hafta muddatda qurilish uchun ajratilgan 500 m2 va undan ortiq maydonlarda quyidagi talablar asosida kompleks tekshiruv ishlarini amalga oshiradi.

Bunda:

  • umumiy maydonining 25 foizi koʻkalamzorlashtirilgan;
  • qurilish maydonlarida suv purkagichlar oʻrnatilgan;
  • qurilish maydonlarining kirish-chiqish yoʻlaklarida avtotransport vositalari gʻildiraklarini yuvish hovuzlari barpo etilgan;
  • qurilish materiallari va maishiy chiqindilarni tashishda transport vositalarining brezent yoki PVX qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan yopilgan tarzda harakatlanishi kerak.

Maxsus komissiya qabul qilgan qarorlar, koʻrsatmalar barcha davlat organlari va tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.

Qurilish maydonining chiqish yullarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmayotgani oʻrganiladi.

Shuningdek:

  • maydoni 1000 kvadrat metrdan koʻp boʻlgan qurilish uchastkalarida fon monitoring stansiyalarini oʻrnatish va uni Ekologiya qoʻmitasiga integratsiya qilish qurilishni davom ettirishning eng asosiy sharti etib belgilanadi;
  • Toshkent shahar hokimligi tomonidan yoz-kuz mavsumida asosiy yoʻl chetlarida mavjud boʻlgan daraxt va butalarni kunning birinchi yarmida hamda haftada kamida 3 marta yuvish va tegishli xulosaga asosan biotexnik tadbirlar amalga oshiriladi;
  • jismoniy va yuridik shaxslar oʻzlari egalik qilib turgan yer maydoni hududidagi dov-daraxtlarni sugʻorish maqsadida ichimlik suvidan foydalanish vaqtiga qoʻyilgan cheklov (soat 00:00 dan boshlab 05-00 gacha) bahor va yoz fasllarida bekor qilinadi, ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda foydalanish boʻyicha cheklov oʻz kuchida qoladi;
  • koʻp kvartirali uylarga sugʻorish uchun suv rezervuarlari oʻrnatiladi.

Toshkent shahri hududida atmosfera havosining sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan mikroiqlim barqarorligini taʼminlash maqsadida uch oy ichida poytaxtning 4 ta yoʻnalishida (sharq, gʻarb, shimol va janub) kamida Z tadan sunʼiy koʻl va suv havzalari tashkil etiladi.

Toshkent shahridagi favvoralar sonini kamida 2 baravarga koʻpaytirish boʻyicha alohida dastur tayyorlanadi.

Bir hafta muddatda Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi barcha issiqxona obʼektlariga tabiiy gaz yetkazib beriladi.


© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid