platina.uz
Jamiyat

Issiqxonalarda ekologiya boʻyicha tartib kuchaytiriladi

Maydoni 200 kv metr va undan yuqori boʻlgan issiqxonalarda chang tozalash uskunasi boʻlmasa yuridik shaxslarga jarimalar 5 baravar, jismoniy shaxslarga 3 baravar oshiriladi. Air Uzbekistan platformasi ishga tushiriladi. 

Issiqxonalarda ekologiya boʻyicha tartib kuchaytiriladi

Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Ekologiya qoʻmitasi yangi qonun loyihasini ishlab chiqadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev "Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmonida nazarda tutilgan.

Unda maydoni 200 kv metr va undan yuqori boʻlgan issiqxonalarda chang tozalash uskunasi boʻlmasa yuridik shaxslarga jarimalar 5 baravar, jismoniy shaxslarga 3 baravar oshiriladi.

Bunday issiqxonalarda mazut, shina va boshqa chiqindilar yoqilsa, qozonxonani davlat foydasiga musodara qilish boʻyicha jinoiy javobgarlik joriy etiladi.

2025 yil havo sifati monitoringini olib boruvchi 347 avtomatlashtirilgan stansiya sotib olinadi. Air Uzbekistan platformasi ishga tushiriladi.

Ekologiya qoʻmitasi huzurida PM 2,5 zarralari ifloslanish manbalarini aniqlovchi maxsus laboratoriya tashkil etiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi va "Oʻzavtosanoat" Toshkentda "Yevro-4" talabiga javob bermaydigan, 2010 yilgacha ishlab chiqarilgan avtomobillarni trade-in tartibida sotib olish boʻyicha tartib ishlab chiqadi. Tartib bbir oy ichida ishlab chiqilishi kerak.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid