platina.uz
Jamiyat

Farrux Oʻktamjonov Guliston shahar hokimi etib tasdiqlandi

Avval bu lavozimda Jamoliddin Xodjimanov ishlab kelayotgandi. Sirdaryo hokimi Erkinjon Turdimov shaharda kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va boshqa masalalarda kamchilikka yoʻl qoʻyilganini bildirgan. 

Farrux Oʻktamjonov Guliston shahar hokimi etib tasdiqlandi

Guliston shahrida hokim oʻzgardi. Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.

Tahliliy-tanqidiy ruhda oʻtgan sessiya ishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Erkinjon Turdimov oʻz nutqida shaharda qator sohalarda qoloqlikka yoʻl qoʻyilayotganligi, xususan, kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash, yangi investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, eksport borasida shahar birinchi rahbarining harakatlari yetarli emasligini bildirdi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.

Shu kunga qadar shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Xodjimanov Jamoliddin Xusniddinovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Deputatlar tomonidan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Oʻktamjonov Farrux Oʻktamjonovich nomzodi Guliston shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid