Farhod Umarov Gʻijduvon tumani hokimi etib tayinlandi
U “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori vazifasida ishlab kelayotgandi. Ungacha tumanni Sherzod Ashurov boshqargan.

Farhod Umarov Gʻijduvon tumani hokimi lavozimini egalladi.
Xalq deputatlari Gʻijduvon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori vazifasida ishlab kelayotgan Umarov Farhod Baqoyevich nomzodini Gʻijduvon tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi viloyat hokimining qarori oʻqib eshittirildi.
Farhod Umarov mehnat faoliyatini Buxoro iqtisodiyot va bank kolleji oʻqituvchiligidan boshlab, Buxoro shahar moliya boʻlimi va viloyat moliya boshqarmasidagi rahbarlik lavozimlarida samarali ishlagan. 2015-2017 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati boʻlgan.
2017-2021-yillarda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari va 2021-2024-yillarda Vobkent tumani hokimi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
2021 yildan shu kungacha tumanni Sherzod Ashurov boshqargandi.