platina.uz
Jamiyat

Elmurod Poʻlatov Parkent tumani hokimi etib tayinlandi

U avval Toshkent viloyati hokimligida kotibiyat mudiri sifatida ishlagan. 

Elmurod Poʻlatov Parkent tumani hokimi etib tayinlandi

Elmurod Poʻlatov Parkent tumani hokimi etib tayinlandi.

Parkent tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Isoqulov Sardor Dadajonovich Boʻka tumaniga ishga oʻtishi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod qilindi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimligi qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Poʻlatov Elmurod Toʻxtaboyevich nomzodini Parkent tumani hokimi lavozimiga tavsiya qildi.

Deputatlar nomzodning yaqin istiqboldagi faoliyatiga doir taqdimot bilan tanishdilar.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi Elmurod Poʻlatovni tuman hokimi etib tasdiqlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid