platina.uz
Jamiyat

Ekoinspektorga nisbatan kuch ishlatgan hokim oʻrinbosariga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Jinoyat ishi tergovi shaxsan Bosh prokuror tomonidan nazoratga olingan.

Ekoinspektorga nisbatan kuch ishlatgan hokim oʻrinbosariga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Ekoinspektorga nisbatan kuch ishlatgan hokim oʻrinbosariga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatida daraxtlarning noqonuniy kesilganligi, ushbu jarayonda tuman hokimi oʻrinbosari Ekologiya qoʻmitasi inspektoriga qarshilik koʻrsatganligiga oid videoyozuvlar tarqalgan.

Fargʻona viloyati prokuraturasi tomonidan tegishli idoralar ishtirokida ushbu holat oʻrganildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 25 noyabr kuni Buvayda tumani hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiya, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari S.X. mansabdor shaxs boʻla turib, mansab vakolatidan chetga chiqib, Buvayda tumani "Nayman" mahallasidan oʻtgan Nayman zovuri atrofidagi daraxtlarni "D.S." MChJning ishchisi tomonidan kesilayotganligidan xabar topib, uni oldini olish choralarini koʻrayotgan Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi Buvayda tuman boʻlimi inspektorining qonuniy talablariga faol qarshilik koʻrsatgan. Uning xizmat vazifasidan kechishga majbur qilib, hodisa joyidan olib ketib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan S.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) va 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, hokim oʻrinbosari oʻz lavozimidan boʻshatilgan.

Jinoyat ishi tergovi shaxsan Bosh prokuror tomonidan nazoratga olingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid