platina.uz
Jamiyat

Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. 

Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi.

“Biz yurtimizda inson qadrini ulugʻlash, iqtisodiyotni barqaror oʻstirish orqali aholi farovonligini oshirish boʻyicha katta-katta marra va rejalarni olayapmiz. Bu ishlarni tashkil qilish uchun viloyatga zamonaviy fikrlaydigan, muammolarni tizimli tahlil qilib, innovatsion yechim bera olishga salohiyatli rahbar kerak”, – dedi davlatimiz rahbari.

Prezident Samarqand viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Adiz Boboyev nomzodini tavsiya etdi.

Viloyat faollarining nomzod haqidagi fikrlari tinglangach, viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʻyildi. Ovoz berish natijalariga koʻra, Adiz Boboyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi.

Prezidentimiz yangi hokimga u ish oʻrni yaratish, kambagʻallikni qisqartirish, investitsiya va eksportni koʻpaytirish, tannarxni kamaytirish va energiya tejamkorlikni oshirish boʻyicha Samarqandni namunali hududga aylantirishi shartligini koʻrsatib oʻtdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid