Raqobat qoʻmitasi pulli parking boʻyicha oʻrganish boshladi
Poytaxtda pulli parking muammosi jamoatchilik tomonidan katta eʼtirozlarga sabab boʻlgandi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi 11 ta tovar bozorida ustun mavqega ega boʻlmagan, lekin bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlgan 66 ta korxonani aniqladi.
Ular ustun muzokara kuchi deb eʼtirof etildi. Shu jumladan, Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi avtoturargoh operatorlarining ustun muzokara kuchini eʼtirof etish yuzasidan tegishli oʻrganishlar olib borilyapti.
“Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 14-moddasiga koʻra, ustun mavqega ega boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subʼekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlari, tovarlar sotiladigan hudud yoki narxga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlsa, bunday holat ustun muzokara kuchi deb eʼtirof etiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtish kerak, poytaxtda pulli parking muammosi jamoatchilik tomonidan katta eʼtirozlarga sabab boʻlgandi.