platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda energetika sohasi rahbarlari ogohlantirildi

Ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tekshirildi. Bajarilgan ishlar qoniqarli deb topilgan. 

Qashqadaryoda energetika sohasi rahbarlari ogohlantirildi

Qashqadaryoda energetika sohasi rahbarlari ogohlantirildi.

Viloyat "Hududgaztaʼminot" va elektr tarmoqlari rahbarlarining lavozimga loyiqligi masalasi koʻrib chiqilishi mumkin. Bu haqda Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashi qarorida aytiladi.

Qarorda energetika sohasidagi vaziyat va kamchiliklar tahlili keltirib oʻtilgan.

Jumladan, elektr taʼminoti boʻyicha:

- 5,6 mlrd kVt/soat elektr yetkazilib, prognozga nisbatan 275 mln kVt/soat iqtisod qilindi. 3 203 km tarmoq va 1 056 ta transformator toʻliq taʼmirlandi. Shuningdek, 376 km yangi tarmoq qurildi, 22 km yirik liniyalarda rekonstruksiya qilindi. 218 ta MFYda 134 ming xonadon elektr taʼminoti yaxshilandi. Hududlarda avariya holatlariga qarshi 50 transformator, yuzlab materiallar zaxirasi shakllantirildi.

Quyosh energiyasi:

- 4 379 ta obʼektga oʻrnatilishi rejalashtirilgan 55,7 MVT quvvatli quyosh panelari rejasi127 foiz bajarilib, 70,9 ming kVt quvvat ishga tushirilgan.

Gaz taʼminoti boʻyicha:

- Yil boshidan 634,9 mln m³ tabiiy gaz yetkazildi — bu prognozdan 63,4 mln m³ kamroq sarf boʻldi. 24,8 km gaz quvuri rekonstruksiya qilindi, 22 mingdan ortiq xonadon ikki bosqichli tizimga oʻtkazildi. 8,2 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazilgan (reja 100%).

Koʻmir taʼminoti boʻyicha:

2025 yil uchun belgilangan 161 ming tonna koʻmirning asosiy qismi ijtimoiy soha va aholiga yetkazildi. DXSh asosida 32 ming tonna koʻmir xarid qilinib, barcha obʼektlarga tarqatildi. Aholiga 24,9 ming tonna koʻmir yetkazilib, olis hududlarga ham toʻliq yetkazilgan.

Koʻp qavatli uylar:

341 ta koʻp kvartirali uyda taʼmirlash ishlari toʻliq bajarildi. 187 ta liftning 152 tasi texnik sinovdan oʻtkazilgan. 1,45 mlrd soʻm hisobiga 6 ta qozon va 4 km issiqlik tarmogʻi taʼmirlandi.

Ijtimoiy soha obʼektlari:

105 ta maktab, bogʻcha, shifoxona va OTMlarda taʼmirlash ishlari yakunlandi. 237 ta geliokollektor va minglab energiya tejamkor qozonlar oʻrnatildi.

Viloyatda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan “Hududgaz taʼminot” aksiyadorlik jamiyati “Hududgaz Qashqadaryo gaz” filiali direktori U.Ernazarov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali direktori oʻrinbosari A.Sharapov va “Koʻmir taʼminot” MChJ Qashqadaryo viloyati filiali boshligʻi oʻrinbosari B.Eshimovning hisoboti qabul qilindi hamda ularga yuklangan vazifalarning ijro etilishi holati qoniqarli deb topildi.

Ular yil yakuniga qadar mavjud kamchiliklarni bartaraf etmasa yoki avvalgi kamchiliklarga qayta yoʻl qoʻygan taqdirda belgilangan tartibda egallab turgan lavozimiga loyiqligini masalasini koʻrib chiqish boʻyicha yuqori idorasiga takliflar berilishi haqida ogohlantirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid