Komil Allamjonov yana bir lavozimga tayinlandi
U Prezident administratsiyasi rahbarining maslahatchisi lavozimida ham faoliyatini davom ettiradi.

Komil Allamjonov maslahatchi-vakil – Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimiga tayinlandi.
Shu bilan birga, u Prezident administratsiyasi rahbarining maslahatchisi lavozimida ham faoliyatini davom ettiradi.
Shu yil iyun oyida Komil Allamjonov Prezident administratsiyasi rahbarining jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.