IIV tezkor tadbirlarda 60 nafarga yaqin xodimlarni jazoladi
Namanganda IIB patrul-post xizmati xodimi avtomashinasidan giyohvandlik moddasi topilgan fuqaroning 11 mln soʻmlik tilla taqinchoqlarini olgan.

Joriy yilda IIV ShXBB tomonidan 60 ga yaqin xodimga tezkor tadbir oʻtkazilib, jazolandi.
Bundan tashqari 557 nafar rahbar va xodimga nooʻrin harakatlari uchun intizomiy jazolar qoʻllanildi. 479 nafar xodim tizimdan boʻshatildi.
Xususan, Toshkent viloyati IIBB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimi fuqaroni kelgusida isteʼmolga yaroqsiz goʻsht maxsulotlarini olib oʻtishiga koʻz yumish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan JKning 210-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatib, xodimga nisbatan “qamoqqa olish” extiyot chorasi qoʻllanilgan.
Navbatdagi holat Samarqanda yuz berdi. Unda Pastdargʻom tuman IIB profilaktika inspektori ish yurituvidagi hujjatlar boʻyicha fuqaroga chora koʻrmaslik evaziga undan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi «a» bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, xodimga nisbatan “qamoqqa olish” extiyot chorasi qoʻllanilgan.
Yana bir xolatda. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB patrul-post xizmati xodimi fuqaroni avtomashinasidan giyohvandlik moddasini aniqlab chora koʻrmaslik evaziga undan umumiy qiymati 11 million soʻmlik tilla taqinchoqlarni tamagirlik yoʻli bilan olgan vaqtida ushlangan. Xodim IIOdan boʻshatilgan va toʻplangan hujjatlar prokuraturaga yuborilgan.