platina.uz
Jamiyat

Hakamlik sudyasi pora bilan qoʻlga tushdi

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hakamlik sudyasi pora bilan qoʻlga tushdi

Hakamlik sudi sudyasi oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborishga kelishib, 15 000 AQSh dollari talab qilgan. U ishni tezroq bitirib berish uchun oldindan 4100 AQSh dollarini “avans” tariqasida olgan.

Ammo bergan vaʼdasining ustidan chiqa olmagach, muqaddam olgan pulidan bir qismini qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozir unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid