platina.uz
Jamiyat

Ekologiya qoʻmitasi qurilish tashkilotlari va sanoat korxonalariga talab yoʻlladi

Tegishli talablarni bajarmagan qurilishlar faoliyati 10 ish kunigacha toʻxtatilishi yoki belgilangan tartibda butunlay tugatilishi mumkin. 

Ekologiya qoʻmitasi qurilish tashkilotlari va sanoat korxonalariga talab yoʻlladi

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarini ogohlantirdi.

Qoʻmita tomonidan barcha qurilish tashkilotlariga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha belgilangan talablarga soʻzsiz rioya etilishi shart ekanligi borasida tegishli talab yoʻllangan.

Amaldagi qonunchilikka koʻra, barcha qurilish tashkilotlari quyidagi talablarni bajarishga majbur:
— qurilish jarayonida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaslik;
— qurilish maydoniga kirib-chiqish yoʻlaklarida osma yomgʻirlatgich va suv purkagichlar oʻrnatish;
— avtotransport vositalari gʻildiraklarini majburiy tarzda yuvish uchun yuvish shoxobchasini tashkil etish;
— chang tarqalishining oldini olish maqsadida qurilish maydonini toʻsiqlar, himoya qoplamalari va maxsus materiallar bilan jihozlash.

Mazkur talablar bajarilmagan taqdirda, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksga muvofiq jarima va boshqa maʼmuriy choralar qoʻllanilishi, shuningdek, faoliyat 10 ish kunigacha toʻxtatilishi yoki belgilangan tartibda butunlay tugatilishi mumkin.

“Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga koʻra, meteorologik sharoitlar noqulay kelishi kutilayotganligi munosabati bilan korxonalar atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish va (yoki) bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishi shart.

Atmosfera havosi ifloslanishiga sabab boʻlgan korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi asosida jinoiy javobgarlikka tortilishi ham mumkin.

Avvalroq Toshkent havosidagi ifloslanish holati oy oxirigacha saqlanib qolishi xabar berilgandi.

Havo sifatining yaxshilanishi havo massalarining almashishi, shamolning kuchayishi yoki yogʻingarchilik tushishi bilan bogʻliq boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid