Afsonaviy aktyor Dharmendra vafot etdi
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi aktyorning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi.

Hindistonlik afsonaviy aktyor Dharmendra bugun 89 yoshida vafot etdi. Aktyor ikki hafta avval sogʻligʻi yomonlashgani sababli Mumbaydagi shifoxonaga yotqizilgan edi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi aktyorning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi.
Dharmendra faoliyatini 1960 yillarda boshlagan. U 250 dan ortiq filmlarda suratga tushgan, jumladan, "Zita Gita", "Qasos va qonun", "Mening sevgilim Raja", "Bir umr yetmaydi" va boshqalar. 1980 yillarda oʻz prodyuserlik kompaniyasiga asos solgan.
Aktyorlik va prodyuserlikdan tashqari, Dharmendra siyosat bilan ham shugʻullangan. 2004 yildan 2009 yilgacha u Hindiston parlamenti quyi palatasi deputati boʻlib, oʻng qanot Bharatiya Janata partiyasi vakili boʻlgan.