platina.uz
Madaniyat

Yozuvchi va huquqshunos Isfandiyor vafot etdi

Uning "Saraton", "Meni tongda uygʻoting", "Qasam", "Qasoskor", "Xun"," Qaytish", "Oʻgʻri", "Inqiroz yoxud generallar oʻyini" kabi oʻnga yaqin qissa va romanlari chop etilgan. 

Yozuvchi va huquqshunos Isfandiyor vafot etdi

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, huquqshunos Isfandiyor vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Isfandiyor Kimsan oʻgʻli Matkarimov 1946 yili Margʻilon shahrida tavallud topgan. 1969 yili Fargʻona Davlat pedagogika institutini, 1971 yili Fargʻonadagi musiqa oʻquv yurtini, 1978 yili Gorkiy nomidagi Adabiyot institutining nasr boʻlimini, 1981 yili "Davlatkino" qoshidagi Oliy stsenaristlar kursini, 1997 yili Toshkent yuridik institutini tamomlagan. 1996 yildan advokatlik lavozimida ishladi.

Uning "Saraton"," Meni tongda uygʻoting", "Qasam"," Qasoskor", "Xun"," Qaytish", "Oʻgʻri"," Inqiroz yoxud generallar oʻyini" kabi oʻnga yaqin qissa va romanlari chop etilgan.

U dramaturg sifatida "Otasining qizi"," Ishonmasang oʻlaman, xotin", "Gʻaroyib dori"," Sening taqdiring" kabi sahna asarlarini yaratadi. Isfandiyor ssenarist sifatida "XX asr dinozavrlari"," Qon ila yoʻgʻrilgan muhabbat" va "Loqaydlik mezoni" filmlarini yaratdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid