Serjio Gor Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi boʻldi
Oʻzbekiston tomonidan Saida Mirziyoyeva ushbu kengashga rahbarlik qiladi.

Yangi tuzilgan Amerika–Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga AQSh tomonidan Serjio Gor va Oʻzbekistoni tomonidan Saida Mirziyoyeva hamrais etib tayinlandi.
"Kengash AQSh va Oʻzbekistonning investitsiya va eksport imkoniyatlarini kengaytirish, AQSh texnologiyalari va isteʼdodlari uchun yuqori rivojlanayotgan sohalarni, ayniqsa, IT va raqamli innovatsiyalarni yoʻlga qoʻyish va AQSh eksportchilari uchun teng raqobat muhitini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratadi", — deyiladi AQShning Toshkentdagi elchixonasi xabarida.
Eslatib oʻtish kerak, mazkur kengash ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil qilingan edi.