"Men uni qoʻllab-quvvatlayman": Tramp va Mamdanining kutilmagan doʻstona uchrashuvidan asosiy xulosalar
Bu uchrashuv yilning eng katta siyosiy toʻqnashuvi sifatida taqdim etilgan edi, biroq buning oʻrniga maqtovlarga toʻla tadbirga aylandi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Nyu-York shahrining yangi saylangan meri Zohran Mamdani bilan uchrashdi.
Bu uchrashuv yilning eng katta siyosiy toʻqnashuvi sifatida taqdim etilgan edi, biroq buning oʻrniga maqtovlarga toʻla uchrashuvga aylandi.
Oʻzining saylovdagi gʻalaba nutqida oʻzini “demokratik sotsialist” deb tanitgan mer Trampni “zolim” deb atagan edi. Va kechagu uchrashuvdan oldin prezidentning matbuot kotibi Mamdanining tashrifini “Oq Uyga kelayotgan kommunist” deb taʼriflagan edi.
Uchrashuv davomida ular Nyu-York shahridagi yashash narxlarining qimmatligi muammosini hal qilishdagi kerakligini taʼkidlashdi.
Koʻpchilik Tramp Mamdaniga "hujum qilish"ini kutayotgandi, biroq u Mamdanini bir necha bor maqtadi. Uchrashuv boshlanishi bilanoq, Tramp Mamdanini maqtab boshladi. Prezident Mamdani juda yaxshi mer boʻlishiga umidvor ekanligini taʼkidladi.
Keyinroq Tramp: “U juda yaxshi ish qila oladi, bunga ishonchim komil,” deb qoʻshimcha qildi.
Mamdani va Trampning umumiy jihatlari bor: ikkalasi ham nyu-yorklik, va ikkalasi ham Quyeens tumanini oʻz uylaridek bilishgan.
Trampning bolalik uyi Jamaica Estates mahallasida joylashgan boʻlsa, Mamdani hozirda Astoriya hududida yashaydi. Ikkalasi ham shaharni jonidan ortiq sevishlarini aytib oʻtishdi. Tramp matbuot anjumani davomida tugʻilgan shahri haqida mehr bilan gapirdi.
"Agar hammasi Mamdani rejalashtirganidek boʻlsa, bu shahar ajoyib boʻlib ketadi va men bundan juda ham xursand boʻlaman" — dedi Tramp. Bir paytlar Trampning oʻzi ham siyosiy hayotining boshqa davrida Nyu-York meri boʻlishni xohlaganini aytib oʻtdi.
Tramp oʻtgan yili qayta saylanishga erishgan, u 2024 yilda saylovchilarni gʻazablantirgan yuqori inflyatsiya masalasini tinimsiz koʻtargandi. Aholi oziq-ovqat, uy-joy va boshqa zarur ehtiyojlar narxidan charchab borar ekan, Tramp iqtisodiy barqarorlikka erishish haqida fikr bildirdi.
Nyu-Yorkdagi saylov kampaniyasi davomida Mamdani ham arzon uy-joy yetishmasligiga qatʼiy eʼtibor qaratib, baʼzi ijara narxlari tartibga solingan kvartiralarda ijara narxlari oshirilishini muzlatib qoʻyish tashabbusini ilgari surgan edi.
Mamdani Tramp bilan nyu-yorkliklarga arzon yashash sharoitini yaratish yoʻllarini muhokama qilganini aytdi.
Ularning qarashlaridagi farqlar haqida savol berilganida, saylangan mer suhbatni yana shu mavzuga qaytardi. Yaqin Sharqda tinchlikka erishish borasidagi qarashlar farqi haqidagi savolga javob berar ekan, Mamdani Trampni tarafdorlari undan abadiy urushlarga barham beradigan va siyosiy inqirozlarni hal qiladigan shaxs sifatida qarashlarini aytib oʻtdi.
Huquqni muhofaza qilish va immigratsiya masalalarida ham ular maʼlum umumiy nuqtalarni topgandek koʻrindi. Mamdani Tramp bilan Nyu-Yorkdagi federal immigratsiya nazorati operatsiyalarini muhokama qilganini va aholi bu masala borasida xavotirda ekanligini aytdi. Biroq Tramp ular immigratsiyadan koʻra jinoyatchilik haqida koʻproq gaplashganini taʼkidladi.
"U shaharda jinoyatlar boʻlishini istamaydi, men ham jinoyatchilikka oʻta qarshiman" — dedi prezident. Bu borada ular yaxshi til topishib ketishlarini qoʻshimcha qildi.
Tramp hatto Mamdani merligi ostidagi Nyu-Yorkda yashashni xohlashini va u yerda oʻzini xavfsiz his qilishini aytdi.