Havo holati oy oxirigacha saqlanib qoladi
Havo sifatining yaxshilanishi havo massalarining almashishi, shamolning kuchayishi yoki yogʻingarchilik tushishi bilan bogʻliq boʻladi.

Yangilangan sinoptik maʼlumotlarga koʻra, havodagi inversiya jarayoni kelgusi hafta oxirigacha, noyabr yakunigacha saqlanib turadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Oldinroq inversiya holati 24 noyabrdan keyin ortga chekinishi kutilgan edi. Yangilangan prognozlarga koʻra, havo qatlamlarining aralashishiga toʻsqinlik qilayotgan ob-havo sharoiti kelayotgan haftaning oxirigacha saqlanib turishi mumkin.
"Bu davrda havo sifati nobarqaror boʻlishi tabiiy hol boʻlib, koʻrsatkichlar kun davomida oʻzgarib turadi. Havo sifatining yaxshilanishi havo massalarining almashishi, shamolning kuchayishi yoki yogʻingarchilik tushishi bilan bogʻliq boʻladi", deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtaish kerak, havoni tozalashga hissa qoʻshish uchun Toshkentda koʻchalar va daraxtlarga suv quyilyapti, favvoralar ishga tushirilgani aytilgan.