platina.uz
Jamiyat

Xonsaroy kompaniyasi tarqalgan xabarlarni rad etdi

Unda "feyk maʼlumotlar tarqatish, brend obroʻsiga putur yetkazish, ishonchsiz maʼlumotlardan foydalanish qonun boʻyicha javobgarlikka sabab boʻlishi" eslatilgan. 

Xonsaroy kompaniyasi tarqalgan xabarlarni rad etdi

Xonsaroy kompaniyasi bosh direktori qamalgani haqida xabarlarda izoh berildi.

Aytilishicha, "soʻnggi vaqtlarda kompaniyaning ishchan obroʻsiga putur yetkazadigan, faktlarni buzib koʻrsatuvchi, ishonchsiz va haqiqatga mos kelmaydigan maʼlumotlar tarqatilishi kuzatilgan".

Bunday xabarlar isteʼmolchilarni chalgʻitmoqda.

Bunday xabarlarni tarqatish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, jumladan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga zid boʻlib, unda haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, insofsiz va ataylab yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish taqiqlanishi belgilangan. Bunday axborot yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin.

"Feyk maʼlumotlar tarqatish, brend obroʻsiga putur yetkazish, yolgʻon maʼlumotlardan foydalanish, shuningdek kompaniya obroʻsiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday materiallar tarqatilishi qonun boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi.

Biz oʻz huquq va manfaatlarimizni himoya qilish uchun vakolatli organlarga murojaat etish, shu jumladan amaldagi qonunchilikka muvofiq yuridik jarayonlarni boshlash huquqini oʻzimizda saqlab qolamiz", deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib oʻtamiz, Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur masalada izoh bermagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid