1 dekabrdan boshlab AI-80 benzini sotuvi toʻxtatiladi
Poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi. Prezident qarori bilan yangi choralar eʼlon qilindi.

1 dekabrdan boshlab AI-80 benzini sotuvi toʻxtatiladi.
Prezidentning 18 noyabrdagi qaroriga binoan, aholini sifatli va ekologik toza yoqilgʻi bilan taʼminlagan holda AI-80 benzinini AYoQShlarda sotishni oldini olish boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatiladi.
Shuningdek, ushbu qaror asosida, yana bir qator choralar belgilanmoqda:
-respublikada 18 ta dendrologiya va 15 ta botanika bogʻlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi;
-qurilish uchun ajratilgan obʼektlarda qurilish boshlanishidan oldin quruvchi tashkilotlar tomonidan fon monitoring stansiyalari va onlayn kameralar oʻrnatiladi;
-Toshkent shahar oʻrmon xoʻjaligini tashkil etiladi;
-poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi;
-Tigʻiz vaqtlarda shaharda yuk mashinalari harakati cheklanadi;
-Binolarni loyihalashda shamol yoʻnalishi va tezligini inobatga olish talabi qoʻyiladi;
-Daraxt va butalarni sanitariya maqsadida kesish yoki kesmaslik haqidagi qarorlar kollegial ovoz berish orqali qabul qilinadi.